Kir yuvish mashinasi hozirgi kundagi maishiy texnika vositalari orasida juda keng tarqalgan turidir. Kiyimlarni kir holda unga solasiz va ma`lum vaqtdan keyin toza holda olasiz. Kirni quritish uchun esa yana alohida vaqt kerak. Quritish mashinalari esa bu masalaning yechimidir. Quritish mashinasi hozirgi kunda unchalik ko`p tarqalmagan va ko`pchilik insonlar uni ortiqcha xarajat deb hisoblashadi. Lekin boshqa tomondan kir ilgichlar sizning uyingiz interyerini buzmasligi va kirlarni tezda quritib olish imkoniyati yaraladi. Quritish mashinasi ayniqsa yosh bolalari bor oila uchun ayni muddao. Quritish mashinasi ko`rinishi kir yuvish mashinasinikiga o`xshash korpusi, boshqaruv paneli, lyuk va baraban bo`ladi. Quritish mashinasi 2 turga bo`linadi: barabanli va quritish shkafi. Barabanli quritish mashinasi ishlash prinsipi ham xuddi kir yuvish mashinalarinikidek, ammo unda kir yuvish mashinalaridek tez aylanish ketmaydi va u minutiga 100 martagina aylanadi. Kir yuvish mashinasida barabanda suv aylansa, quritish mashinasida bug`langan namlik va issiq havo oqimi aylanadi. Quritish shkaflari unchalik ko`p tarqalmagan. Ularning o`lchamlari juda ham katta bo`ladi va ularda atigi 3-4 kg kirni quritish mumkin. Quritish shkafida qimmatbaho matodan tikilgan kiyimlarni va oyoq kiyimlarni quritish maqsadga muvofiq.
Товаров, соответствующих вашему запросу, не обнаружено.